Stokholmdagi Stockholm Exergi kompaniyasiga tegişli Värtaverket elektr stansiyasi töxtatilgan. Bu haqda Electrek naşri xabar berdi.
Şvetsiya buni rejalaştirgandan 2 yil ertaroq amalga oşirdi.
“Maqsadimiz barça mahsulotimizni tiklanuvçi yoki qayta işlanuvçi energiya manbalaridan işlab çiqarişdan iborat. Bu stansiya uzoq vaqt davomida Stokholm aholisiga issiqlik va elektr energiya berib kelgan. Bugun biz qazib olinuvçi barça turdagi yonilğini qöllaşni töxtatişimiz kerakligini bilamiz, şu sababli kömirni qöllaşni sekin-asta töxtatişimiz lozim”, deb aytgan kompaniya direktori Anders Yegelrud.
Europe Beyond Coal ma'lumotlariga köra, 2025 yilgaça yoki undan ertaroq Yevropaning yana 6 ta davlati – 2022 yilgaça Fransiya, 2023 yilgaça Slovakiya va Portugaliya, 2024 yilgaça Britaniya, 2025 yilgaça Irlandiya va Italiya Şvetsiya kabi yöl tutişi kutilmoqda.
Germaniyaning Maks Plank jamiyati kimyo institutida har yili 8,8 mln kişining ölimiga olib keluvçi asosiy sababni ma'lum qilişgan. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, millionlab odamlarning barvaqt vafot etişiga olib keluvçi va bartaraf etiş mumkin bölgan asosiy sabab havoning global ifloslanişi hisoblanadi. Aynan şu omil odamlar hayotini örtaça 3 yilga qisqartirar ekan. Olimlar olib borgan tadqiqot neft, gaz va kömir yoqilişidan hosil böluvçi qattiq zarralarning öpkaga tuşişi inson hayotini bir yilga qisqartirişini körsatgan.












