AQŞda koronavirus yuqtirganlar soni million kişidan oşdi. 27 aprelda mamlakatda 22,9 ming yangi holat aniqlandi va şu tariqa virus yuqtirganlar soni milliondan oşdi. Worldmeters ma'lumotiga köra, 28 aprel 06:00 (Toşkent vaqti bilan) holatida AQŞda 1 million 10 123 kişida koronavirus aniqlangan. Bu dunyodagi virus yuqtirganlarning uçdan biri degani.
27 aprel kuni butun dunyoda kasallik yuqtirganlar soni 3 milliondan oşdi. AQŞdan keyin eng köp kasallanganlar soni Ispaniyada qayd etilgan (229 422). Italiyada esa kasallanganlar soni 200 mingga yaqinlaşdi. Keyingi örinlarda esa hamon Fransiya (165 842), Germaniya (158 758) va Buyuk Britaniya (157 149) bormoqda.
Bugun koronavirus yuqtirganlar soni böyiça kasallik ilk marta aniqlangan Xitoyni ortda qoldirgan mamlakatlar soni 9taga yetdi. Rossiyada bir kunda 6 mingdan köproq holat aniqlanib, mamlakat bu borada Xitoydan ötib ketdi. Rossiyada ayni damgaça 87 mingdan köproq kişi koronavirus yuqtirgan.
Braziliyada ham keskin ösiş saqlanib qoldi. Bu mamlakatda kunlik ösiş 3,6 mingdan oşib, umumiy kasallanganlar soni 67 mingga yaqinlaşdi. Bu borada Janubiy Amerikaning boşqa davlatlari Braziliyaga yaqinlaşa olmaydi. Masalan, Braziliyaga eng yaqin körsatkiç Peruda (28 ming) qayd etilgan.













