Ayni paytda Özbekistonning turli hududlarida, jumladan Navoiy, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlarida yomğir aralaş kuçli şamol oqibatida yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlaridagi podstansiyalarda avariyaga qarşi avtomatika tizimi işlaşi tufayli favqulodda öçiş holatlari yuz bermoqda.
«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bergan ma'lumotga köra, jamiyat tasarrufidagi barça podstansiyalar va havo liniyalariga xizmat körsatuvçi texnik-muhandislar kuçaytirilgan tartibda xizmat qilişmoqda, navbatçilar safiga qöşimça brigadalar jalb etilgan, barça texnika va kerakli jihozlar şay holatga keltirilgan.
«Ayni soatlarda favqulodda öçiş oqibatlari bartaraf etilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun iste'molçilardan uzr söraymiz», – deyiladi mutasaddi taşkilot izohida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan foto va videolardan kuçli şamol natijasida ayrim uylarning tomiga ziyon yetganini köriş mumkin. Avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslik tavsiya etilmoqda.
Jumladan, kuçli şamol Buxoro viloyatida keltirib çiqargan oqibatlar aks etgan fotosurat va videolavhalar tarqaldi.














