AOKA ştabida Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Habibulla Oqilov iştirokida brifing bölib ötdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, agar şoşilinç ravişda tiş oğrib qolsa, qayerga murojaat qiliş mumkinligi, barça xususiy stomatologik klinikalar karantin davrida yopilgani töğrisida savol berildi.
“Barça oilaviy poliklinikalarda stomatolog şifokorlar işlamoqda. Şuningdek, şaharning barça tumanlarida navbatçi stomatologik kabinetlar işi ta'minlangan va ularning bir qismi soat 21:00 gaça, bir qismi esa — sutkasiga 24 soat şoşilinç bemorlarni qabul qilişadi.
SSV qoşidagi "kol-markaz"ga 1003 raqam orqali murojaat qilsangiz, sizga yaqinroq bölgan navbatçi stomatologiya kabinetining manzilini aytişadi”, - dedi Habibulla Oqilov.
Bundan oldin, ehtiyojmand fuqarolar karantin vaqtida qanday qilib dorilarni bepul olişi mumkinligi aniqlaştirilgandi.








