Bu haqda Eron soğliqni saqlaş vazirligi maslahatçisi Husayn Hasanian ma'lum qilgan. 

Eronda spirtli içimliklar iste'mol qiliş şariat bilan qat'iyan taqiqlangan bölsa-da, biroq aholi orasida metanol koronavirusning oldini olişda va undan davolaşda iste'mol qilinişi kerakligi haqida gaplar yuribdi.

Ta'kidlanişiça, alkogolga talab oşgani ortida mahalliy “samogonçilar” zaharli metanol sotişni boşlaşgan. Uning iste'moli oğir zaharlanişga yoki hattoki ölimga olib kelişi mumkin.

Eronning sud-tibbiyot ekspertizasi milliy boşqarmasida ma'lum qilinişiça, mamlakatda joriy yilda alkogoldan zaharlanişlar 2019 yilga nisbatan 10 martadan köproqqa oşgan. 2019 yilda mamlakatda 66 kişi alkogoldan zaharlanib vafot etgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Eronda koronavirusga çalinganlar soni 91 mingdan köproqni, vafot etganlar 5806 nafarni taşkil qilmoqda. 70 mingdan köproq kişi kasallikdan soğayib ketgan.