Asli Namangan viloyatidan bölgan, hozirda Zambiya Respublikasining Rossiya va MDH davlatlaridagi vakolatxonasida faoliyat yuritib kelayotgan vatandoşimiz Kamoliddin Meliboyev ham musofirçilikda köplab qiyinçiliklarga duç kelgan. U biz bilan suhbatda musofirçilikda boşidan keçirganlari, Rossiyadagi hayot va muvaffaqiyatlari haqida sözlab berdi.
Rossiyaga 2010 yilda kelganman
2010 yilda turmuş örtoğim bilan Rossiyaga kelib, köp qiyinçiliklarni boşdan keçirdik. Oğir işlarni qilişimizga ham töğri keldi. Katta pul bilan kelmaganmiz – Rossiyaga keladigan inson birinçi navbatda pul topiş uçun keladi. Turmuş örtoğim bilan noldan boşlaganmiz. Ikki kun restoranda, qolgan vaqti köçada turli işlarni qilar edim.
Maqsadimiz aniq ekan, mana, şu yergaça yetib keldik. Moskvaning Arbat köçasida reklama tarqatuvçi bölib işladim. Kun judayam sovuq edi u vaqtlarda. Qiyinçilikka duç kelganda uyga ketiş fikri ham bölgan, lekin or-nomus qilib, qarindoş-uruğ, dösti-duşmandan uyalganmiz.
Dastlab Pokiston elçixonasiga işga kirdim
Moskvadagi şifoxonalardan birida bir diplomat bilan tanişib qoldim. Dastlab Pokiston Islom Respublikasi diplomatik vakolatxonasiga qora işçi bölib kirganman. Keyin haydovçi böldim. 1 yildan köproq vaqt davomida haydovçi bölib işladim. Keyin ofisga işga ötganman.
Şu bilan 2,5 yil Pokiston Islom Respublikasi elçixonasida adminstrativ-attaşe bölib işladim.
Musofirçilikda halollik va töğrilik bilan işlasa, har qanday maqsadiga erişadi
2007 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini buxgalteriya hisob-audit yönalişini tamomlaganman. Lingvistikaga umuman aloqam bölmagan. Haydovçi bölib ham, elçixona ofisigaça borsa bölişini hamkasblarimdan eşitib qoldim. Şundan keyin ingliz tilini örganişni boşladim. Har bir diplomatdan kuniga söz örgandim.
Haydovçiligimda diplomatlarning farzandlarini maktabga olib borar edim. Bu menga yaxşi imkoniyat bölgan. Yoş bolalar bilan gaplaşiş köproq tajriba böldi. 1 yil içida inglizçadan erkin sözlaşadigan darajaga çiqdim. Hozirda ingliz va rus tilida bemalol gaplaşaman; urdu va turk tillarida fikrimni tuşuntira olaman.













