Uşbu savol yuzasidan Davlat bojxona qömitasi boşqarma boşliği Farhod Olimjonov iştirokidagi brifingda ma'lumot berildi.

Unga köra, faqatgina “Özbekiston poçtasi” AJ orqali Xitoydan jönatmalarni qabul qiliş mumkin.

“Jahon miqyosida tarqaliş geografiyasi tobora kengayib borayotgan koronavirus infeksiyasini respublikamizga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida joriy yilning 1 fevral kunidan boşlab Xitoy Xalq Respublikasidan kirib keluvçi barça turdagi poçta va kur'yerlik jönatmalarini qabul qiliş vaqtinça töxtatilgan edi. 

Biroq 2020 yil 27 fevraldan boşlab Xitoy Xalq Respublikasidan faqatgina “Özbekiston poçtasi” AJ orqali kirib kelayotgan jönatmalarni qabul qilişga ruxsat etilgan”, deya Farhod Olimjonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Brifing davomida qömita vakili xorijdan olib kelişda bojxona tölovi böyiça imtiyozga ega bölgan tovarlarning ayrimlarini sanab ötdi. 

Xususan, ozuqabop ekinlar yetiştiruvçilar, şuningdek tomçilatib va yomğirlatib suğoriş tizimlari va ularning butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçilar tomonidan olib kiriladigan, tomçilatib va yomğirlatib suğoriş texnologiyasini joriy etiş uçun zarur bölgan butlovçi qismlar va xomaşyolar bojxona tölovlarini tölaşdan (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari) ozod etilgan.

Işlab çiqarilganiga 4 yildan oşmagan, yuk taşiş uçun möljallangan transport vositalari (samosvallardan taşqari) bojxona tölovlariga (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) tortilmaydi.

Texnologik asbob-uskunalarga nisbatan qöşilgan qiymat soliği va bojxona bojidan imtiyozlar nazarda tutilgan.

Uruğlar, köçatlar va payvandtaglar, mineral öğitlar, ösimliklarni kimyoviy himoyalaş vositalari bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğim bundan mustasno) ozod etilgan.