Dunyoni quyunday qamrab olgan koronavirus balosi biroz şaştidan qaytgan körinadi. Çunki ajal girdibodida eng yuqori çöqqilarni körgan ayrim davlatlar ham asta-sekin hayotni normallaştirişga kirişmoqda. Biroq qat'iy tartibda davom etib, tuzalgan bemorlarga immunitet pasportini berişga tayyorgarlik körayotgan davlatlar ham bor.
Foto REUTERS / Eric GaillardFoto REUTERS / Eric Gaillard
27 aprel kuniYangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardern mamlakat virusga qarşi jangda ğolib bölganini e'lon qildi va sönggi kunda virusdan zararlanişning yangi holati qayd etilmagani tufayli köplab çeklovlar qilindi. Uşbu mamlakatda bemorlarning 80 foizi tuzalib ketgan. Taqiqlar bekor qilinişi ortidan odamlarga baliq tutiş, ov va piyoda sayr qilişga ruxsat berildi. 400 ming kişi işga qaytdi. Ammo restoran va dökonlar yana biroz muddat yopiq turadi.
Quyida Yevropa davlatlari normal hayot tarziga qay yösinda qaytayotgani körib çiqiladi.
Ispaniya. 25 aprel kuni Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes ba'zi çeklovlar bekor qilingani haqida e'lon qilgandi. 6 haftadan söng, nihoyat yakşanba kuni köçalarda bolalar kulgisi eşitildi.
Biroq fuqarolar uçun qat'iy qoidalar hali ham amalda. Masalan, ular faqat ertalabki 9 va keç soat 9 oraliğida uylarini bir soatga tark etişlari mumkin. Ammo ular uylaridan bir kilometrdan uzoqqa ketmasligi lozim. Hukumat 2 maydan boşlab katta yoşdagilarga sayr qiliş va sport bilan şuğullaniş uçun ruxsat beradi.
Uşbu mamlakatda 13 apreldan e'tiboran muhim infratuzilma bilan boğliq bölmagan korxonalarga qöyilgan çeklovlar olib taşlangan. Sanoat va quriliş sohasida işlaydigan kompaniyalarning xavfsizlik çoralariga rioya qilgan holda – niqob taqqan va ijtimoiy masofani saqlab işlaşlariga ruxsat berilgan.
AFP/GETTY IMAGES
Italiya. 4 maydan boşlab Italiyada istirohat boğlari oçiladi. Oilaviy yiğilişlarga, şu jumladan, 15 kişidan oşmagan odamlar iştirokidagi dafn marosimlariga ruxsat beriladi. 18 maydan muzey va kutubxonalar faoliyati tiklanadi. Şuningdek, sport jamoalari guruh maşğulotlarini qaytadan boşlaşi mumkin. Ammo maktablar yangi öquv yiliga qadar – sentyabrgaça yopiq böladi. Hukumat iyungaça bar va restoranlarni oçişni rejalaştirmagan. Mintaqalar orasidagi harakat yopiq holda qolişda davom etadi.
Fransiya. Mamlakatda 11 maydan boşlab boşlanğiç maktab öquvçilari guruhda 15dan ortiq bölmagan holda öqişni davom ettirişi rejalaştirilyapti. Ta'lim vaziri Jan-Mişel Blankuyening sözlariga köra, 18 may kuni örta maktablar oçiladi. Yuqori sinf öquvçilari 25 maydan, universitetlar esa iyun oyi boşlaridan öqişni boşlaşi mumkin.
Mavzuga oid
Ta'kidlaş joizki, 25 aprel kuni hukumat qoşidagi ilmiy kengaş çeklov çoralari bu taxlit tez olib taşlanmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi (Fransiyada çeklovlar olti haftadan beri davom etmoqda). Şoşqaloqlik virusga çaliniş bilan boğliq holatlarning keskin ösişiga va oğir bemorlar köpayişiga olib kelişi mumkin. Kengaş, şuningdek, sentabr oyidan oldin maktablarni oçişga qarşiligini bildirgan. Mutaxassislar iloji bölsa uyda işlaşni davom ettirişni, şuningdek, kelgusi oylarda çet elga çiqişdan tiyilişni tavsiya etişgan.
Germaniya. Germaniyada Covid-19 tadbirlarini yumşatiş doirasida 20 apreldan boşlab dökonlar (800 kv.metrgaça), kitob dökonlari, velosiped dökonlari va avtoulovlar sotadigan dökonlar oçildi. 4 may kuni sartaroşxonalar va maktablar oçilişi kutilmoqda.
Epidemiologik vaziyat yaxşilanganiga qaramay, Myunxen şahri meri 2 million kişini qamrab oluvçi Oktoberfest festivalini bekor qilgan. Şuningdek, mamlakatda keng miqyosli tadbirlarni taşkil qiliş 31 avgustgaça taqiqlangan.
Buyuk Britaniya. Boş vazir Boris Jonsonga tez orada karantinni bekor qiliş böyiça bosim ötkazilmoqda. Ammo Jonson kasal bölgan paytda hukumatni vaqtinça boşqarib turgan taşqi işlar vaziri Dominik Raab karantinni bekor qiliş masalasini köriş «mas'uliyatsizlik» ekanini aytdi.
Şunga qaramay, maydan iyulgaça çeklovlarni olib taşlaş uçun uç bosqiçli reja işlab çiqildi. Unga köra, birinçi bosqiç may oyi örtalarida maktablar va ba'zi korxonalar oçilişi bilan boşlanadi. Ikkinçi bosqiçda – may oyining oxiri, iyun oyi boşida biznes öz faoliyatini qayta tiklaydi va ijtimoiy masofa saqlaş qoidasi bekor qilinadi. Yoz oxirida esa hukumat restoranlarni oçişga ruxsat berişi mumkin.
Belgiya. Mamlakat boş vaziri Sofi Vilmes koronavirus çeklovlarini bosqiçma-bosqiç olib taşlaş böyiça batafsil rejani e'lon qildi. Unga köra, 4 may kuni mato dökonlari oçiladi. 11 maydan boşlab esa barça dökonlarni oçişga ruxsat beriladi. Boşqa turdagi dökonlar kelasi hafta qat'iy şartlarga rioya qilgan holda iş boşlaydi.
Maktablar 18 maydan işga tuşadi, lekin har bir sinfda 10 nafardan ortiq öquvçi bölmasligi şart. 8 iyungaça kafe va restoranlarni oçişga ruxsat beriladi. Vaziyat yomonlaşsa, uşbu rejalar özgarişi mumkin.
Belgiyalik öquvçilar 11 maydan maktabga çiqişi mumkin / REUTERS
Niderlandiya. Bu yerda kunduzgi davolaş markazlari va boşlanğiç maktablar 11 may, örta maktablar esa 1 iyun kuni oçiladi. Dastlab bolalarga faqat kiçik guruhlarda ta'lim oliş va sport tögaraklarida şuğullanişga ruxsat beriladi. Boşqa barça taqiqlar kamida uç hafta davomida öz kuçida qoladi. 1 sentyabrga qadar festivallar va sport musobaqalari, şu jumladan, professional futbol musobaqalari ötkazilmaydi.
Şveytsariya. Bu mamlakat izolyatsiya rejimi boşlanganidan bir oy ötgaç, ya'ni 16 aprel kuni uç fazali karantin rejasini e'lon qildi. 27 apreldan hukumat tomonidan tasdiqlangan röyxatdagi korxonalar, sartaroşxonalar, jihoz dökonlari, gözallik salonlari va gul dökonlari öz faoliyatini qaytadan boşladi. Stomatologlar va fizioterapevtlar işga qaytişdi.
Agar vaziyat yomonlaşmasa, 11 may kuni boşlanğiç maktablar va barça tijorat binolari oçiladi. 8 iyundan boşlab örta maktablar va universitetlar, şuningdek, kutubxonalar, hayvonot boğlari va muzeylar işga tuşiriladi.
Portugaliya. Portugaliya hukumati çeklovlar 2 mayga qadar bekor qilinişini bildirdi. Virus tarqalişi sekinlaşsa, dökonlar va korxonalar asta-sekin oçilişi mumkin.
Avstriya. Hukumat 14 apreldan boşlab çeklovlarni bekor qila boşladi. Vena va boşqa şaharlarda 400 kvadrat metrgaça bölgan dökonlar oçildi. Quriliş mahsulotlarini sotiş dökonlari, şuningdek, jamoat boğlari ham şular jumlasidandir.
21 aprel kuni Avstriya kansleri Sebastyan Kurs 15 mayda restoran va mehmonxonalar işi tiklanişini, maktablar oçilişini ma'lum qildi. 1 mayga qadar yirik dökonlar, savdo markazlari va sartaroşxonalar işga tuşiriladi. Jamoat joylarida himoya niqoblarini taqiş majburiyligiça qoladi.
Daniya. Daniya biznes uçun asta-sekin qayta oçilmoqda. Boş vazir Mette Frederiksen yaqinda bölib ötgan matbuot anjumanida şunday dedi: «Bu ehtimol, dorda yuriş bilan tengdir. Agar biz töxtab tursak, yiqilib tuşişimiz, agar tez yursak, xatoga yöl qöyişimiz mumkin. Şuning uçun ehtiyotkorlik bilan qadam taşlaşimiz kerak».
Garçi 14 aprel kuni mamlakatdagi kunduzgi davolaş markazlari va boşlanğiç maktablar qayta oçilgan bölsada, ayrim ota-onalar bundan xursand emas va ular öz farzandlarini uyda olib qolişmoqda.
Ijtimoiy masofa saqlaş böyiça qoidalar öz kuçida qolgan. Masalan, 10 kişidan ortiq odam iştirokida yiğiliş ötkaziş taqiqlangan. Daniya hukumati çeklovlarni yumşatiş jarayoni virus tarqalişi davomiyligi bilan boğliqligini aytdi. 20 aprel kuni yana bir qator kasb egalari, jumladan, sartaroşlar va psixologlar işga qaytdi.
Norvegiya. Norvegiyada kunlik yangi holatlar soni mart oyining oxiridan beri pasayib kelmoqda. 7 aprel kuniyoq Boş vazir Minna Erna Solberg «Norvegiya virusni nazorat ostiga olişga muvaffaq bölgani» haqida e'lon qilgandi.
20 aprel kuni bolalar boğçalari qayta oçildi. Şu hafta boşlanğiç va ba'zi örta maktablar, şuningdek, universitetlar va gözallik salonlari oçilişi kutilmoqda. Zaruriy içki sayohatlarga ruxsat berildi.
Hukumat Janubiy Koreya va Singapur kabi davlatlardan örnak oldi. Epidemiya yangi tölqinining oldini oliş maqsadida virus öçoqlari haqida ogohlantiruvçi ilovani işga tuşirdi. Ma'lumotlarning maxfiyligi bilan boğliq ba'zi taşvişlarga qaramay, yaqinda ötkazilgan sörov şuni körsatdiki, aholining qariyb yarmi uni yuklab olganidan mamnun bölgan.
Çexiya. Bu mamlakatda 24 aprel kuni çet elga çiqiş uçun taqiq olib taşlandi. Ammo sayohatçilar qaytgandan keyin test topşirişlari va ikki hafta davomida karantinda bölişlari kerak. Içki işlar vazirligi çet elliklar, birinçi navbatda, universitet talabalari va Yevropa Ittifoqi işbilarmonlarining kiriş taqiqlarini yengillaştirdi.
20 apreldan boşlab mamlakatda universitetlar, dökonlar (2500 kvadrat metrgaça), fitness markazlari va kutubxonalar oçildi. Kompaniyalarga 10 kişini yiğişga ruxsat berildi. Dökonlar va sartaroşxonalar 11 maydan, restoran, mehmonxona, teatrlar esa 25 maydan oçiladi.
Gretsiya. Mamlakatning normal holatga qaytiş masalasi may va iyun oylarida körib çiqilişi rejalaştirilgan. Hozirda oz sonli korxonalar, şu jumladan, yetkazib beriş xizmatlari, banklar, supermarketlar faoliyat olib bormoqda. Odamlar ma'lum sabablarga köra, uylarini tark etişi mumkin, ammo hokimiyatni bundan xabardor qiliş kerak.
Sloveniya. Sloveniya çeklovlarni yengillaştira boşladi. Texnik buyumlar va mebel dökonlari, şuningdek, ta'mirlaş ustaxonalari yana oçildi. Taşqi reklama, boğdorçilik dökonlari va köçma oşxonalar faoliyatiga ruxsat berildi. Sartaroşxona, gözallik salonlari va savdo maydoni 400 kvadrat metrdan kam bölgan dökonlarga ikki hafta içida ruxsat berilişi kutilmoqda.
Slovakiya. Slovakiyada 65 yoşdan oşgan kişilarga iş kunlari soat 9:00dan soat 11:00gaça (dam oliş kunlari bu taqiqlanadi) oziq-ovqat va boşqa turdagi dökonlarga borişga ruxsat berildi. Hukumat iqtisodiyot uçun «tört bosqiçli reja»ni işlab çiqdi, mazkur rejada qaysi dökonlar va jamoat institutlari qaçon oçilişi mumkinligi haqida ma'lumot berilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi