Xonanda Sardor Rahimxon boşçiligidagi «Ajr Islom» kanalining «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi Sirdaryo viloyatida öz faoliyatini boşladi.
Loyiha doirasida Sirdaryodagi xayriya tadbirlariga aktyor Dilşodbek Kattabekov boşçilik qilmoqda.
Aksiyaning birinçi kunida öndan ortiq oilaga ehsonlar tarqatildi.
Dilşodbek Kattabekov xayriya loyihasi tafsilotlari haqida ma'lumot berdi
«Ayni damda yurtimizda karantin davri e'lon qilingan. Mana şu karantin davrida hukumatimiz tomonidan butun respublikamiz böylab mehrga muhtoj va miskin oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya, ehson asosida tarqatiş yölga qöyilgan.
Qolaversa, şu qatorda, bir neçta ijodkorlarimiz, tadbirkorlarimiz va Alloh yölida xalq uçun borini ayamaydigan saxovatpeşa insonlarimiz tomonidan judayam köplab xayriya aksiyalari e'lon qilingan. Şulardan biri – Sardor Rahimxonning «Ajr Islom» kanalida «Yurak Amri» loyihasi yölga qöyildi. Bu loyiha poytaxtimiz böylab va respublikamizdagi ba'zi viloyatlarda ham öz xayriya aksiyalarini davom ettirmoqda va biz ham özimizni Sirdaryo viloyatida ham xayriya ehsonlarini davom ettirişni ularga taklif kiritdik.
Ular bu taklifimizni qöllab-quvvatlaşdi. Biz Sirdaryo viloyatida, tumanlarimizda va mahallalarimizdagi mehrga muhtoj, kam ta'minlangan va miskin oilalarga yetarliça oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qilişni yölga qöydik.





Bu juda qisqa fursat içida röy berdi, ijtimoiy tarmoqlarimizga şu haqida rolik joylaştirganimizdan söng, bizga saxovatpeşa insonlarimiz tomonidan naqd pul va plastik kartalarimizga mablağlar kelib tuşdi. Yetarliça mablağ yiğilganidan söng biz öndan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarini birinçi navbatda önta oilaga teng miqdorda bölib çiqib va mana şularni mehrga muhtoj va miskin oilalarga tarqatiş deboçasida turibmiz.












