Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş maqsadida ilgari joriy etilgan “işlanmaydigan kunlar” muddatini uzaytirdi. U 11 maygaça muddatni işlanmaydigan kunlar deb e'lon qildi.

Putin buni epidemiya Rossiyada hali çöqqisiga çiqmaganligi uçun koronavirusga qarşi qat'iy kuraş çoralarini uzaytiriş zarurligi bilan izohladi.

«Biz hozirda epidemiya bilan kuraşning yangi, keskin bosqiçida turibmiz. Biz epidemiya tölqini susayib, pasayişiga erişişimiz lozim», — dedi Putin.

U şuningdek, Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligini nişonlaşga ham töxtalib ötdi.

"Ğalabaning 75 yilligiga bağişlab rejalaştirganlarimizning barçasi albatta böladi. Qizil maydonda parad va "Ölmas polk" yurişini ham ötkazamiz. Ğalaba bayramini vaziyat töliq xavfsizligiga işonç hosil qilganimizda nişonlaymiz", - dedi u rossiyaliklarga murojaatida.

Rossiya prezidenti 25 mart kuni xalqqa qilgan murojaatida 30 martdan 5 aprelgaça işlanmaydigan hafta e'lon qilgandi. Putin 2 aprel kuni yangi murojaat bilan çiqdi va işlanmaydigan kunlar muddatini 30 aprelgaça uzaytirdi.

28 aprel kuni Rossiya koronavirusga çalinganlar soni böyiça Eronni ortda qoldirib, dunyoda sakkizinçi  öringa çiqdi. Mamlakatda bu kasallikni yuqtirganlar soni 93,5 mingdan oşgan, 800dan ortiq kişi vafot etgan.