2020 yilning 29 aprel kuni soat taxminan 22:00 da Toşkent viloyati Bekobod tumani hududida kuçli yomğir yoğişi natijasida tumanning “Navbahor” hududi, 1-bölim, “Dehqonobod” mahallasi hududidan oqib ötuvçi “Sardobsoy” (boşlaniş qismi qöşni Tojikiston Respublikasi hududida) soyining suv oqimi keskin kötarilib, özanidan toşgan. 

Viloyat hokimligi xabariga köra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yöq. Mazkur holat viloyat hokimi Rustam Xolmatov tomonidan nazoratga olinib, viloyat hokimining örinbosarlari va Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği tomonidan zarar körgan aholi xonadonlariga amaliy yordam körsatiş hamda oqibatlarini bartaraf etiş yuzasidan tezkor çoralar körilmoqda.

Hududga Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda tegişli korxona va taşkilotlarning kuç vositalari jalb qilingan, deyiladi ma'lumotda.