Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Masalaning bir neça yillardan beri qizğin munozaralarga sabab bölayotgan propiska va içki migratsiyaga taalluqli ekanligi köpçilikda qiziqişni kuçaytirdi.
Taklif etilayotgan loyihaga köra, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi va respublikaning boşqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bölgan mamlakat fuqarolari tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi yangi qurilgan uylardan uy sotib olgani uçun tölanadigan davlat bojining alohida yuqori stavkasi bekor qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda notarial amaliyotda, xususan, bitimlarni tasdiqlaganlik va meros işlarini rasmiylaştirganlik uçun davlat bojini undirişda yoki davlat bojini tölaşdan ozod qilişda ayrim tafovutlar mavjud.
Xalq vakillarining fikriça, uşbu loyiha bilan davlat bojidan ozod qiliş, davlat bojini undirişning öziga xos xususiyatlariga aniqlaştiruvçi özgartiş va qöşimçalar kiritilayotgani e'tiborga molik.
Notarial harakatlarni amalga oşirganlik uçun undiriladigan ayrim tölovlar miqdorining differensial tarzda hisoblab çiqariş tartibi ularni undirişda tafovutlar kelib çiqişiga sabab bölayotganini köriş mumkin.
Şu bois, mazkur loyiha bilan bir qator notarial harakatlarni amalga oşirganlik uçun belgilangan davlat boji miqdorlarining stavkalari optimallaştirilmoqda.
Deputatlar qayd etişganidek, uşbu loyihaning qabul qilinişi bilan davlat boji stavkalari optimallaştiriladi, davlat bojini undirişning öziga xos xususiyatlari aniqlaştiriladi.
Qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan qabul qilindi.












