Unga köra, şahar va tumanlardagi köp qavatli uylarning içki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirişga ruxsat beriladi, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşirişga ruxsat beriladi.
Şuningdek, fuqarolar tomonidan şaxsiy avtotransportdan foydalanişga çeklovlar ham sekin-asta yumşatib boriladi.
Respublika komissiyasi tegişli çeklovlar örnatilgan hududlarda aholi tomonidan ertalab soat 07:00dan 10:00gaça hamda keçqurun 17:00 dan 20:00gaça şaxsiy avtomaşinalardan foydalanişga ruxsat berilişini ta'minlaydi.
Prezident Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiyaga uşbu topşiriq ijrosini sözsiz ta'minlaş çorasini körişga körsatma berdi.
«GAI xodimlari ham, içki işlar xodimlari ham, Milliy gvardiya xodimlari ham... bilaman, çarçagan ular ham, lekin bu masalaga oqilona yondaşiş, vaziyatdan kelib çiqqan holda, har bir odam bilan «Siz» deb gaplaşiş kerak.
Sekin şu karantindan çiqib ketişimizda, sizlar ham juda katta madaniyat bilan ularga munosabat bildirişlaring talab etiladi. Albatta, talabning içida madaniyat ham bölişi kerak.
Odamlarning şaxsiga tegmasdan tuşuntiriş işlarini kuçaytirib, madaniyatni ham köpaytirsak, öylaymanki, bu töğri böladi», degan prezident.
Qayd etiş kerakki, ayni vaqtda çeklov çoralari yumşatilişi qaçondan amal qilişi hozirça ma'lum emas, ya'ni bu aynan 30 apreldan boşlanişi rasman e'lon qilinmadi.
Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov aniq sana Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan belgilanişini eslatib ötgan.













