Qayd etiş zarurki, bugungi kunda ta'lim tizimi, ayniqsa yuridik ta'lim globallaşuv davrida jamiyat va iqtisodiyot oldimizga qöyayotgan yangi çaqiriqlarga tez moslaşuvçan bölişi talab qilinadi.

Özbekistonda yuridik ta'limni raqamlaştiriş böyiça qanday özgarişlar kutilmoqda

Farmonga asosan ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar yönalişida yuridik sohada bir qator yangiliklar bölişi kutilmoqda.

Birinçi yangilik, zamonaviy ta'limni raqamlaştirmasdan, uni turli muhitga tez moslaşuvçanligini ta'minlaş masalasi. Ayniqsa, ta'lim jarayonini elektronlaştiriş va unga uşbu texnologiyalarni kiritiş zaruratini pandemiya şaroitida sezib turibmiz.

Farmon bilan universitetda töliq elektron hujjat almaşinuviga ötiş, ilmiy tadqiqot va öquv jarayonini raqamlaştiriş vazifasi belgilab berildi.

Qayd etiş zarurki, rivojlangan xorijiy davlatlarda elektron universitet loyihalari uzoq yillarda beri samarali qöllanib kelinayotgan dastur sanaladi.

«Elektron universitet» (E-University) loyihasini nima beradi va uni afzalliklari nimalardan iborat degan tabiiy savol tuğiladi?

Avvalo, uşbu loyihani universitetga töliq joriy qilinişi nafaqat ilmiy tadqiqotlar sohasida, balki öquv jarayonini ham töliq avtomatlaştiriş imkoniyatini yaratadi.

Bularga maşğulotlar jadvalini şakllantiriş, imtihonlarni ötkaziş, baholaş, talabalar reytingini şakllantiriş, masofaviy dars maşğulotlarini yölga qöyiş, ilmiy tadbirlarni rejalaştiriş, onlayn dissertatsiya muhokamalarini ötkaziş kabi imkoniyatlarni sanab ötiş mumkin.

Bundan taşqari, “Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etişi oçiq, şaffof, sub'yektivlik va suiiste'molçiliklardan xoli bölgan ta'lim muhitini yaratişga xizmat qiladi. Bir söz bilan aytganda, korrupsiyasiz ta'lim muhitini yaratişning muhim elementi sanaladi.

Körinib turibdiki, uşbu belgilab berilgan vazifa 2020 yil «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili» Davlat dasturiga ham töliq mos keladi.

Ikkinçi yangilik, Farmon bilan yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini işlab çiqiş va tatbiq etiş maqsadida Legal Tech laboratoriyasini taşkil etiş va faoliyatini yölga qöyiş vazifasi belgilanmoqda.