Özbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga muvofiq Vohidjon Muhammadjonoviç Ahmadjonov Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, tayinlovga qadar u vazirlik huzuridagi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidentining 2019 yil 25 oktyabrda “Suv resurslarini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4486-sonli qarori qabul qilingan.

Unga asosan vazir örinbosarining zimmasiga suv xöjaligini innovatsion rivojlantiriş, ilmiy işlanmalar natijalarini, suv xöjaligini boşqariş va suv xöjaligi obektlaridan foydalanişning ilğor usullarini amaliyotga faol joriy etiş, zamonaviy texnologiyalarni qöllagan holda suv xöjaligining suğoriş tizimlarini modernizatsiya, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş kabi vazifalar yuklatilgan.