Vazirlik xabariga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi jarayonining joriy holati va istiqbollari, shu jumladan Ishchi guruhning 4-yig‘ilishini o‘tkazish masalasi muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, pandemiya tufayli mart oyi o‘rtasidan Jahon savdo tashkiloti doirasidagi barcha rasmiy tadbirlar to‘xtatilgan va bu haqda O‘zbekiston tomoni xabardor qilingan.

17 apreldan JST asosiy organlari faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan amalga oshirish orqali tiklash bo‘yicha a'zo-davlatlarning norasmiy maslahatlashuvlari boshlanmoqda.

Sardor Umurzoqov
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

«A'zo bo‘lgan davlatlar tomonidan tashkilot faoliyatini masofadan amalga oshirish borasida ijobiy qaror qabul qilingan holda, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishga nomzod mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston bo‘yicha ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishlarini tezkor o‘tkazilishi birinchi navbatdagi masala bo‘ladi.

A.Vulf respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida tashkilot Kotibiyati tomonidan O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi borasida ishontirdi. Buning uchun O‘zbekiston tarafini mazkur yo‘nalishda birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarni faollashtirishga chaqirdi», deyiladi rasmiy xabarda.

Muzokaralar yakunida a'zolik yuzasidan birgalikda qilinayotgan ishlarni masofadan davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

«O‘zbekiston uchun YeOIIga emas, JSTga a'zolik ustuvor bo‘lishi kerak» – deputat

JSTga kirish jarayonining qayta boshlanishi

Jahon Savdo Tashkiloti 1995 yil boshidan hozirgi formatiga o‘tkazilgan, O‘zbekiston unga a'zo bo‘lib kirish uchun 1994 yilda ariza bergan – mamlakat hozir kuzatuvchi maqomida. Jahonning 164ta davlati, shu jumladan Qozog‘iston, Qirzig‘iston va Tojikiston ham JST a'zosi sanaladi.