Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan tezkor çora-tadbirlar körilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qişloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi.
«Vaziyat töliq nazoratga olingan, sarosimaga tuşişga asos yöq», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.







Bugun, 1 may kuni soat 5:55da Sardoba suv ombori töğonining 6-piket devori buzilib, suv toşib çiqa boşladi. Natijada Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov yetib bordi. Suv ombori atrofidagi xavf hududidan 11,5 mingdan ziyod aholi köçirilgan, yana törtta mahalla köçirilişi közda tutilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma'lum qilişlariça, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va qurbon bölganlar töğrisida ma'lumot kelib tuşmagan.


















