“Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi” AJ birja savdolarida sotuvçi va xaridorlarni iştirok etişini soddalaştiriş va yengillaştiriş, hamda birjaning taşqi savdo operatsiyalarini jadallaştiriş, şu jumladan birja orqali amalga oşiriladigan eksport hajmlarini oşiriş maqsadida birja savdolari qoidalari va hisob-kitob kliring operatsiyalarini ötkaziş qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Uşbu özgarişlarga muvofiq birja mijozlarini akkreditatsiya qiliş jarayoni elektron raqamli imzo yordamida client.uzex.uz orqali amalga oşiriladi. Elektron raqamli imzoga ega bölmagan ayrim taşkilotlar bundan mustasno.
Şuningdek, birja a'zolari, ya'ni brokerlarni akkreditatsiya qilişda ariza, yuridik şaxsni davlat röyxatidan ötkaziş va ustavi kabi ortiqça hujjatlar talab etilmaydi.
Norezidentlar uçun qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida xorijiy mijozlarni birjada akkreditatsiya qilişda korxonaning ta'sis hujjatlarining nuşasini taqdim etilişi bekor qilindi.
Bundan taşqari, birja savdolari şaffofligi va xavfsizligini oşiriş maqsadida birja filiali maklerlari va savdo maydonçalarining registratorlari, hamda birja a'zolari va treyderlarning javobgarligi oşirilmoqda.
Birja savdolari qoidalari va hisob-kitob kliring operatsiyalarini ötkaziş qoidalariga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar 2020 yil 10 maydan kuçga kiradi.












