DTM joriy yil test topshiriqlari soddalashtirilishi bo‘yicha izoh berdi
Prezidentning 2019 yilda qabul qilingan qarori asosida abituriyentlardan joriy yil 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari olinishi kerak edi. Hozir mana shu fanlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha kelgan takliflar ustida ham ishlanyapti.

Foto: KUN.UZ
Bugun, 2 may kuni Davlat test markazi direktori Majid Karimov AOKAda o‘tkazilgan brifingda joriy yilgi kirish imtihonlarini soddalashtirish uchun qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma'lumot berdi.
«Test markazi doimiy ravishda bundan oldingi yillardagi test topshiriqlari bo‘yicha mutaxassislar fikri, kelib tushgan e'tirozlar va abituriyentlar fikrlarini o‘rganib, e'tiroz ko‘p tushgan test materiallarini olib tashlash ustida ish olib boradi.
Bu yil esa karantin sharoitini hisobga olib test topshiriqlarini soddalashtirish ishlari amalga oshirilyapti. Prezidentning 2019 yilda qabul qilingan qarori asosida joriy yil 5 ta fandan test topshiriqlari olinishi kerak edi. Hozir mana shu fanlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha kelgan takliflar ustida ham ishlanyapti. Oxirgi o‘zgarishlar ma'qullansa, taxminan 10 kun muddat ichida DTM tomonidan e'lon qilinadi», - dedi Majid Karimov onlayn brifingda.
Bundan tashqari, Majid Karimov joriy yilgi OTMlarga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida ham ma'lumot berdi.
«Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar bo‘yicha savollar ko‘paytiriladi, matnli manzaralar tahlili: so‘zlarning ma'nosi, matndagi so‘zlar o‘rniga qo‘yilgan yoki yo‘qligini tekshirish bo‘yicha fan doirasidan chetga chiqmagan holda savollar beriladi. Shuningdek, chizma, rasmlar, diagrammalardan foydalaniladi», - deya ta'kidladi Majid Karimov.
Majid Karimov joriy yil ham abituriyentlar 3 OTMni tanlash imkoniga ega ekanliklari haqida aytib o‘tdi. Faqat tanlov qilishda abituriyentdan ta'lim shakli va tilini bir xil tanlash talab etiladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi
Jahon | 11:52
-
Elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:49
-
Eron tashqi ishlar vaziri Isroilga qarshi amaliyotlar yakuniga e’tibor qaratdi
Jahon | 11:44
-
Eron va Isroil Trampning bayonotlaridan keyin ham bir-biriga zarba berishda davom etdi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

10:25
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

11:14 / 11.06.2025
Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga imtihon javoblarini sotgani aytilmoqda

23:11 / 18.04.2025