2020 yilning 28 aprel kuni soat 11:20da IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Payariq tumani Kattasaydov MFY qişloğida yaşovçi B.Z.ning yaşaş xonadoni tomorqasi közdan keçirilgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, uyning tomorqa qismida 2 kvadrat metr yer maydonida 108 tup “köknori” giyohvandlik ösimligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

B.Z. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan va himoyaçi iştirokida söroq qilingan, B.Z. öz körsatmalarida uşbu taqiqlangan ekinni bir neça yildan buyon “bronxial astma” kasalligi borligi uçun kelgusida özini iste'moli uçun ekib parvarişlab kelganligini bayon qilgan.