Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun ham Sirdaryo viloyatida bölib, Sardoba suv ombori hududida amalga oşirilayotgan tiklaş-ta'mirlaş işlari bilan yaqindan tanişdi.

«Ma'lumot örnida şuni aytiş lozimki, mazkur suv inşooti Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 6ta tuman ekin maydonlarini suv bilan ta'minlaş maqsadida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda toşqin yuz bergan joyda 2ta brigada taşkil etilib, töğon yoriğining çap va öng qirğoqlarida jadal iş olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan. Katta harsang toşlar, beton bloklar va plitalar, boşqa tegişli quriliş materiallari keltirilib, töğon oldida yarim aylana şaklida tösiq devor barpo etilmoqda. Işçi-muhandislar, haydovçilar uçun barça şaroit yaratilib, sa'y-harakatlar keçayu kunduz taşkil etilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bajarilgan işlarni sinçiklab közdan keçirib, mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga zarur körsatmalar berdi.



Eslatib ötamiz, suv toşqini asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi punktlari va ekinzorlariga zarar yetkazgan.
Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oşirilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu tumanlardagi 22ta qişloqdan jami 60 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan edi.


Şavkat Mirziyoyev Sardobada olib borilayotgan işlarni közdan keçirdi

















