Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Kun.uz’ga xabar berişiça, sönggi kunlarda Toşkent şahridan va respublikaning boşqa hududlaridan Sirdaryoga kelayotgan yordam hajmi keragidan oşib ketgan. 

Ayni vaqtda şaharda sirdaryoliklar uçun mahsulotlar olib kelayotgan köngillilar uzundan uzun navbatlar hosil qilişgan, yöllarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Şu vaqtgaça töplangan mahsulotlar taqsimlanib, yuborilişi va qabul qilib olinişiga ham vaqt talab etiladi.

Sirdaryoda ham turli hududlardan kelayotgan yordamlar haddan taşqari köp töplangani tufayli ularni taqsimlaşda qiyinçiliklar yuzaga kelmoqda. 

Ehtiyojdan ortiqça mahsulotlar töplanişi esa isrofgarçilikka sabab bölmoqda. 

Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda kiyim-keçak, körpa-töşak va uy-rözğor buyumlari, dori-darmon hamda sanitariya va gigiyena  vositalari yetarli darajada yetkazilgan. Hozirda Sirdaryoda suv toşqinidan aziyat çekkan vatandoşlarda uşbu yordamga ehtiyoj qolmagan. 

Şahar hokimi şahar aholisiga xayriya işlarida qöşgan hissasi uçun öz minnatdorligini bildirdi va bundan keyin xayriya işlari moddiy yordam körinişida amalga oşirilişi mumkinligini ma'lum qildi.

Moddiy yordam bermoqçi bölganlar quyidagi raqamlar orqali pul ötkazişlari mumkin: 

1. Yuridik şaxslar uçun 
23120000900001172001
MFO 01172
Poytaxt bank

2. Jismoniy şaxslar naqd pul ötkazişlari uçun
23116000400001172001

3. Payme va Click orqali pul ötkazmalar uçun 
6262962209799486
Poytaxt bank