Uşbu savol böyiça 4 may kuni ötkazilgan brifingda davlat boş sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.
“Avvalo respublikada koronavirusga tekşiriş böyiça laboratoriya tahlili qanday ötkazilişiga töxtalib ötsak.
Özbekistonda virusologik laboratoriyalar aholi örtasida koronavirus bemorlarini aniqlaş uçun joylarda işlamoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi esa yakuniy natijani tasdiqlaş böyiça işlaydi. Ya'ni hududlardagi laboratoriyalar musbat natijaga ega bölgan yoki koronavirusga gumon qilingan şubhali test natijalarini tasdiqlaş, aniq taşxis qöyiş uçun agentlikka yuboradi.
Umuman olganda, test tizimlari ta'sirçanligi va öziga xosligiga köra baholanadi. Özbekistonda Xitoy (2 xil test tizimi), Germaniya va Rossiya test tizimlari işlatiladi. Bu testlarning barçasi yuqori ta'sirçanlikka ega va öziga xos”, deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











