Bugun xalqimiz yana bir sinovga duç keldi. Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida yuzaga kelgan falokat barçamizni yanada jipslaşişga, özaro mehr-oqibat namunalarini körsatişga undaydi. Hozirda uşbu falokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun amaliy harakatlar olib borilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi Qörğontepa va Döstlik aholi punktlari toşqindan jiddiy zarar körgan, xavf hududidagi 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga köçirilgan.
Favqulodda vaziyat oqibatida 56 nafar fuqaro turli xil jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilib,17,3 ming kişi tibbiy körikdan ötkazilgan.


Falokat oqibatlarini bartaraf etiş, evakuatsiya qilingan aholiga kömak beriş uçun «Olmaliq KMK» AJ rahbariyati tomonidan ham bir qator çora-tadbirlar amalga oşirildi. Jumladan, kombinat tarkibidagi Jizzax sement zavodi kareridan 2600 tonnadan ortiq harsangtoş yuk maşinalarida yuborildi.
Bundan taşqari, falokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun 45 nafar muhandis texnik xodimlari safarbar etilib, 16ta avtosamosval, 4ta buldozer, 4ta ekskovator, 5ta yuklovçi(pogruzçik), 3dona maxsus texnika, 2ta burğulaş uskunalari jönatildi.


Şuningdek, falokat natijasida evakuatsiya qilingan aholi uçun 6 tonna guruç, 2000 kg asal, 1000kg quritilgan mevalar, 10 000 dona tuxum, 1000 litr ösimlik yoği, 1000 kg tvorog, 1000 litr kefir kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami ham yuborildi.
OKMK Axborot xizmati
















