
«Davlatimiz rahbari keça suv toşqiniga duç kelgan qişloqlarda bölib, hududni tozalaş, infratuzilma obektlarini tiklaş, aholi uçun şaroit yaratiş böyiça topşiriqlar bergan edi.
Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xöjaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, quriliş-ta'mirlaş taşkilotlari va mahalliy hokimliklarning özaro muvofiqlaştirilgan sa'y-harakatlari natijasida bu yönalişda jadal işlar olib borilmoqda. Toşqin tufayli hosil bölgan çiqindilar yiğiştirilib, hudud dezinfeksiya qilinmoqda. Öt öçiriş maşinalari yordamida kölmaklardagi suv tortib olinmoqda. Yöllar oçilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tiklanmoqda.
Natijada bugun ayrim mahallalarda oilalar öz uylariga qayta boşladi. Boşqa joylarda tozalaş-ta'mirlaş işlari tezkor sur'atlarda davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ularda ham zarur şaroitlar yaratilib, hayot yana öz iziga tuşadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.



Prezident Sardoba tumanidagi «Qörğontepa» mahallasini borib kördi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oşirilgan çora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Uşbu mahalla fuqarolar yiğinida 530ta xonadon bölib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toşqiniga birinçi bölib duç kelgan, odamlar tezkor ravişda xavfsiz joylarga köçirilgan edi.
Katta kuç va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oşirilgan keng kölamli işlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar öz uylariga qayta boşladi.
Davlat rahbari şunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol söradi. Barça qatori ularga ham moddiy va ma'naviy yordam körsatilişi, heç kim e'tibor va ğamxörlikdan çetda qolmasligini yana bir bor ta'kidladi.




















