Yevropa hayotga qaytmoqda - yangi tartiblar bilan. Duşanba kunidan qit'aning barça davlatlarida karantin çoralari yumşatildi, aksar davlatlarda faqat ijtimoiy masofa saqlaş tartibi saqlab qolingan.

Italiya boş vaziri Juzeppe Konti yakşanba kuni keçqurun mamlakatda epidemiyaga qarşi kuraşning ikkinçi bosqiçi boşlangani haqida e'lon qildi.

«Tört milliondan ortiq italyan işga qaytdi va jamoat transportida harakatlana boşladi. Zararlaniş xavfi ortdi, bizga faqat mas'uliyat hissi yordam beradi», dedi u.

Italiyada zavod va fabrikalar, quriliş hududlari oçildi, ammo maktablar, kinoteatrlar va yirik savdo markazlari noma'lum muddatgaça yopiqligiça qolmoqda.

Duşanba kuni Venetsiyada hozirça işiga ruxsat berilmaganlar - kafelar, mehmonxonalar va boşqa bizneslar vakillari - norozilik bildirib fleşmob uyuştirişdi.

Ispaniya ham 26 martdan buyon Yevropadagi eng qat'iy karantin şaroitida yaşayotgandi - dam oliş kunlarida bu yerdagilarga ham uydan çiqişga ruxsat berildi. Uşbu mamlakat jami zararlaniş holatlari soni böyiça AQŞdan keyingi ikkinçi örinda, ölim körsatkiçlari böyiça AQŞ va Italiyadan keyingi uçinçi örinda. 

Milandagi markaziy vokzal. 2020 yil 4 may
Claudio Furlan / LaPresse / ZUMA / Scanpix / LETA
Milandagi Kadorna temir yöl stansiyasi. 2020 yil 4 may
Claudio Furlan / LaPresse / ZUMA / Scanpix / LETA
Turindagi jamoat transporti yölovçilari. 2020 yil 4 may
Stefano Guidi / Getty Images
Milan metrosidagi yölovçilar ijtimoiy masofaga rioya etişmoqda. 2020 yil 4 may
Camilla Cerea / Bloomberg / Getty Images