Andijon viloyatida 7 bemorga javob berilgan. Ularning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bölib, barçasi uşbu viloyatdan. Bemorlarning barçasi koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoşi kattasi 48 yoşda bölsa, eng kiçigi 10 yoşda. Viloyatda şu paytga qadar 119 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 126 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida 31 nafar bemor butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Soğayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayollar bölib, ularning ham barçasi uşbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Ular orasida eng yoşi kattasi 60 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 9 yoşda. Viloyatda şu paytga qadar 106 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 137 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 1539 nafarga yetdi.