«Xalqimiz bir narsadan köngli töq bölişi kerak, heç qanday ortiqça gap-sözlarga va miş-mişlarga örin bölmasligi lozim.
Mening topşiriğimga köra huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan suv toşqini bilan boğliq voqea yuzasidan obektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boşlangan.
Xalqimizni işontirib aytaman, tergov yakunlari böyiça barça aybdorlar, kim bölişi va egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, qonun oldida javob beradi», degan davlat rahbari.
Prezident oğir kunlarda sirdaryoliklarga kömak körsatayotgan vatandoşlarga minnatdorçilik bildirgan.
«Uşbu qiyinçiliklarga qaramay, xalqimiz bu sinovlar oldida özini yöqotib qöymaganini alohida ta'kidlamoqçiman. Mana, “oynai jahon” orqali köryapsizlar, xalqimiz yanada birlaşib, özining mehr-oqibati, bağrikengligi, buyuk saxovatini har kuni, har daqiqada namoyon etmoqda. Buni Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridan köçirilgan fuqarolarning 81 foizini Sirdaryo, Jizzax va Toşkent viloyatlari aholisi ixtiyoriy ravişda öz xonadonlariga joylaştirgani ham yaqqol körsatib turibdi.
Boşqa viloyatlar, vazirlik, kompaniya va uyuşmalar, aholimiz tomonidan qisqa vaqtda Buxoro va Sirdaryoga yordam beriş uçun katta miqdordagi homiylik mablağlari ötkazildi, quriliş materiallari, oziq-ovqat, kiyim-keçak, dori-darmon va rözğor buyumlari yuborildi.
Fursatdan foydalanib, jabr körganlarga yordam körsatayotgan bağrikeng, saxovatpeşa va hamdard xalqimizga yana bir bor özimning samimiy minnatdorçiligimni izhor etaman», degan Şavkat Mirziyoyev.
Bundan avvalroq 1 may kuni Sardoba suv ombori töğoni devori buzilib, röy bergan suv toşqini oqibatida kamida 4 kişi halok bölgani va bir kişi bedarak yöqolgani xabar qilingandi.
Özbekistondagi gidroinşootlar, töğon va GESlarda tekşiruv ötkazilmoqda


















