Britaniya milliy statistika idorasi ma'lumotlariga köra, mamlakatda koronavirusdan 32313 kişi vafot etgan. Bu esa Yevropada koronavirusdan ölimlar soni böyiça 1-örinda turgan Italiyaning körsatkiçlaridan (29079  ölim) oşib ketgan.

Bu holat şuningdek Britaniya koronavirusdan ölimlar soni böyiça dunyoda AQŞdan keyin 2-öringa çiqqanini anglatadi.

Biroq ta'kidlab ötiş joiz, koronavirus böyiça real vaqtda oxirgi körsatkiçlar bilan taniştiruvçi worldometers.info/coronavirus/ sahifasi ma'lumotlariga köra, Britaniya ayni vaqtda koronavirusdan ölimlar soni böyiça (29,427 ta) dunyoda 4-örinda turibdi.

Metro naşrining aniqlik kiritişiça, Britaniya milliy statistika idorasi mutaxassislari koronavirusdan nafaqat şifoxonalarda, balki ulardan taşqarida vafot etganlarni ham hisobga olişgan. Bunda, şuningdek, şifokorlar xulosasida vafot etgan bemorda virus borligi tasdiqlanmagan holda, unda faqatgina koronavirus borligi gumon qilingan holatlar ham hisobga olingan.  

5 may kunidagi matbuot anjumanda Britaniya taşqi işlar vaziri Dominik Raab hukumat ma'lumotlariga köra, Britaniyada ayni vaqtda koronavirusga çalingani tasdiqlangan 29427 kişi vafot etganini ma'lum qilgan.