Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 may kungi yiğilişda Maxsus komissiyaga uç kun muddatda stikerlarni bekor qilib, barça transport vositalari harakatlanişiga ruxsat beriş böyiça topşiriq berdi.

Bundan taşqari, epidemiologik vaziyat yaxşi bölgan hududlarda nooziq-ovqat dökonlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta'mirlaş, tikuvçilik, maişiy texnika va poyabzal tuzatiş, sartaroşxonalar faoliyati böyiça kuçaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, iş boşlaşi uçun ham ruxsat beriladi.

Vaziyat yomonlaşsa, karantin çoralari qayta tiklanişi belgilangan.

Ma'lum qilinişiça, ötgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta işlab çiqariş korxonalari qaytadan işga tuşirilgan.

Jumladan, Toşkent şahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpoğiston Respublikasida 857ta korxona öz faoliyatini tiklagan.