Bu haqda Nature Communications naşrida çop etilgan tadqiqotda ma'lum qilindi.  

Olimlar inson immun hujayralari işlab çiqaruvçi oqsillarga öxşaş tajribaviy antitanani olişga muvaffaq bölişgan. Bunday antitanalar patogenning muayyan qismini tanib, aynan unga ta'sir qiladi.  

Utrext universitetida niderlandiyalik va nemis olimlari ötkazgan tadqiqotda ta'kidlanişiça, yangi işlanmani hozirça dorilar işlab çiqarişda qöllab bölmaydi, çunki uni avval hayvonlar va odamlarda sinovdan ötkaziş lozim. Biroq kelgusida işlanma nafaqat koronavirusga çalinişning oldini olişi yoki unga çalinganlarni davolaşi, balki koronavirus bilan boğliq yoki u çaqiruvçi kasalliklarni yenga olişi mumkin.

47D11 deb nomlangan uşbu antitana koronavirusga toj körinişini beruvçi va unga inson hujayralariga kirişga imkon beruvçi nayzasimon oqsiliga ta'sir qiladi. Tajribalar davomida antitana nafaqat koronavirusni, balki undan avvalroq paydo bölgan “ötmişdoşi” va SARS kasalligini keltirib çiqargan koronavirusni ham yenga olgan. 

Olimlar tajribalar davomida koronavirusning oqsiliga turli antitanalarni işlab çiqiş uçun genetik modifikatsiya qilingan siçqonlardan foydalanişgan. Skriningdan keyin 47D11 antitanasi virusni neytrallovçi faollik namoyon qilgani aniqlangan. Şundan keyin olimlar bu antitananing inson uçun versiyasini yaratiş uçun uni özgartirişgan.

Olimlarning ta'kidlaşiça, yuqoridagi natijalar klinik şaroitlarda ham tasdiqlanişini köriş hamda antitana virusni qançalik yenga olişi borasidagi xulosa qançalik töğri ekanini biliş uçun qöşimça tadqiqotlar ötkaziş zarur.

Aprel örtalarida Sietldagi Allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti olimlari koronavirusga qarşi tajribaviy vaksinani yaratişgandi. U mRNK-1273 deb nomlangan. Avval u hayvonlarda sinab körilgan va natijalar yaxşi çiqqaç, uni odamlarda sinab körişga qaror qilingan.

Sinov uçun 45 köngilli tanlab olingan. Har bir sinaluvçiga vaksinaning muayyan bir hajmdagi dozasini 28 kun oraliq bilan ikki marta kiritişga qaror qilingan. Kiritilgan dozalar turliça hajmda bölgan (25, 100 va 150 mkg). Sinaluvçilar soğliği ortidan 2021 yil bahorigaça kuzatuv olib boriladi.

Vaksina birinçi bölib sinalgan amerikalik Jyennifer Xaller vaksina kiritilgandan keyin nimani his qilgani haqida sözlab bergan. 44 yoşli ayolning aytişiça, vaksina uning çap yelkasiga kiritilgan. Bu jarayon bir neça soniyagina davom etgan. “Birinçi kun menda biroz harorat kötarildi. 2-kun qölim qattiq oğridi. Şu bilan hammasi ötib ketdi”, deb ma'lum qilgandi ayol. Uning ta'kidlaşiça, koronavirusdan vaksina kiritilişi grippdan vaksina kiritişga öxşaş bölgan.