Qariyb 20 yildan buyon Angliyada yaşayotgan vatandoşimizdan xorijda yaşab, farzand tarbiyalaşning ba'zi jihatlari haqida ham söradik.

– Buyuk Britaniyada öqituvçining mavqeyi, odamlarning bu kasb egalariga munosabati qanaqa?

– Bu oilalardagi dunyoqaraşga boğliq. Öqişga qiziqmaydigan oilalarda öqituvçilarni yaxşi körişmaydi, ular uçun öqituvçi – boşoğriq: doim telefon qiladi, «öğlingiz uy vazifasini qilmadi, töpolon qildi», deya. Bunday oilalar öqituvçilarni yoqtirişmaydi.

Öqişga qiziqqan, ilmga befarq bölmagan tabaqa vakillari esa, albatta, öqituvçilarni hurmat qilişadi. Jamiyatda öqituvçilarga nisbatan umumiy bir fikr şakllangan, deb hisoblamayman.

Umuman olganda, bu yerda öqituvçilarga munosabat Özbekistondagiçalik bölmasa kerak. Hozir qanaqa, bilmadim, lekin özim öqigan va işlagan vaqtimda öqituvçining aytganini qiliş, öqituvçiga nisbatan ota-onalarning hurmati kabilar bizda boşqaça edi.

Bizda öqituvçining aytgani aytgan, Angliyada esa unday emas. Öqituvçi xato qilsa, ota-ona yoki öquvçilar uning xatosini aytişadi. Öqituvçi sözsiz hurmat qilinişi kerak, degan narsa yöq. Unga öz vazifasini bajarayotgan davlat xizmatçisi sifatida qaraşadi.

Şaxsan özim Britaniyada dars bera boşlaganimda eng qiyin bölgan jihat – sinfdagi bolalarning mentalitetini tuşuniş, ularni boşqara oliş. Boşqariş uçun ularning dunyoqaraşini tuşunişingiz, qaysi körsatmaga ular qanaqa reaksiya qilişini bilişingiz kerak.

Ayni şu narsa men uçun madaniy şok bölgan. Özbekistonda dars berib yurib, keyin bu yerdagi ta'limga ötişim men uçun katta özgariş bölgan. Boşida qiynalganman: sinfga kirsam, bolalar quloq solmasdi, aytganimni qilmasdi, uyga vazifalarni bajarişmasdi, töpolon qilişardi. Bular nega özlarini unday tutişyapti, deb tuşunmasdim.

Özbekistonda şunça dars bergan bölsam, menda unaqa narsa bölmagandi. Bolalar gapimga quloq solar, öquvçilar ham, ota-onalar ham hurmat bilan muomala qilardi. Bu yerda esa sizni hurmat qilişlari uçun hurmat qozonişingiz kerak.