Avvalroq Tojikiston prezidenti haqida turli miş-mişlar tarqalgandi. Ularning ba'zilarida Imomali Rahmon göyoki Duşanbeda virus aniqlangaç, ota yurti Danğaraga (Tojikistondagi Danğara tumani) ketgani aytilgan bölsa, prezident davolaniş uçun Germaniyaga yöl olgani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Abdujabbor Rahmonzodaning aytişiça, «millatga yomonlik tilovçi» odamlar, xususan muxolifat vakili Şarofiddin Gadoyev millat yetakçisi atrofida birlaşiş örniga xorijdan turib iğvo tarqatişmoqda. 

3 may kuni Tojikistonga Phonex Air aviakompaniyasiga tegişli Gulfsrteam G-III samolyoti kelgan va muxolifat vakili bu samolyot göyoki Imomali Rahmonni olib ketiş uçun yuborilganini yozgan. Ammo Abdujabbor Rahmonzodaning aytişiça, bu samolyot Germaniyadan Tojikistonga gumanitar yordam olib kelgan.

«Tojikiston xavfsizlik xizmatidagi manbaga köra, Imomali Rahmon koronavirusga çalingan va davolaniş uçun 3 may kuni soat 22:24da Gulfstream G-III samolyotida Germaniyaga uçib ketgan. Samolyot maxsus tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bölgan.

Rahmon uzoq vaqtdan buyon omma oldida köriniş bermayotganiga qaraganda bu gaplar haqiqatga öxşaydi. Davlat rahbari odamlar oldiga çiqib vaziyatni odamlarga tuşuntiriş örniga yaşirinişda davom etmoqda.

Manbaning aytişiça, 30 apreldagi koronavirusning oldini oliş böyiça ötkazilgan yiğiliş ham soxtalaştirilgan va aslida Rahmon unda qatnaşmagan. Bu soxtakorlik odamlarni Imomali Rahmon hammasini öz nazoratiga olganiga işontiriş uçun qilingan. Imomali Rahmonning 23 apreldagi Ramazon bilan tabriklaş nutqida yuzi kökimtir tusda bölgan va uning salomatligi yaxşi bölmagani köringan.

Imomali Rahmon Tojikistonda koronavirus aniqlanganini kamida 1,5 oy yaşirgan. Taqdirni qarangki, kasallik uning özini ham qamrab oldi. Tojikistonliklar kasalxonalarda tibbiy vositalar yetişmovçiligidan qiynalayotgan bir vaqtda prezidentni qutqariş uçun qimmatbaho samolyotlar çaqirtirilmoqda.

Prezidentlikni öğli Rustam Imomaliga topşiriş haqida öylayotgan Imomali Rahmon epidemiologik vaziyat jiddiyligini uzoq vaqt rad etib keldi va xursandçilik qilişda, raqs tuşişda davom etdi. Aynan uning aybi bilan mamlakat bugun koronavirusga qarşi kuraşiş uçun tayyor emas», degan Şarofiddin Gadoyev feysbukdagi sahifasida.