Jahon | 13:21 / 07.05.2020
28802
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik olimlar koronavirusni to‘xtatuvchi vaksina yaratishganini ma'lum qilishdi 

Italiyalik olimlar organizmda koronavirus tarqalishini to‘xtata oluvchi dunyodagi ilk vaksinani yaratishganini va yaqin orada uni odamlarda sinamoqchi ekanliklarini ta'kidlashmoqda. 

Foto: REUTERS/Arnd Wiegmann

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Olimlar vaksinani sichqonlarda sinab ko‘rishgan. Ularga dastlab vaksina kiritilgan, so‘ngra antitanalarga tahlil olingan. Dastlabki natijalarning ko‘rsatishicha, sichqonlarda koronavirusning tarqalishini to‘xtata oluvchi antitanalar ishlab chiqilgan. Antitanalar koronavirusga nafaqat sichqonlar, balki insonlar hujayralariga birikishga imkon bermaydi.

Vaksinani yaratish bilan shug‘ullanayotgan kompaniya rahbarining aytishicha, vaksinani katta ko‘lamda odamlarda sinash ishlari kuzga rejalashtirilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, italiyalik olimlar koronavirusni vaksina bilan bartaraf etish mumkinligini dunyoda birinchi bo‘lib ko‘rsata oldilar.

5 may kuni germaniklik va niderlandiyalik olimlar koronavirusni yenga oluvchi tajribaviy monoklon antitanani olishgani ma'lum qilingandi.  

4 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat kerakli dori vositalarining qanchalik tez yaratilishiga emas, balki ularning butun dunyo bo‘ylab qanchalik teng taqsimlanishiga bog‘liqligi aytilgan.

Mavzuga oid