Twitter'da ma'lumot qoldirgan Işmetovga köra, 7 may holatiga binoan 15 ming 825 nafar şaxsga 54,9 milliard söm tölangan. 

Özbekiston Respublikasi prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga asosan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boşqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoşiga 6 foiz miqdorida har kunlik qöşimça tölovlar belgilangan. 

Şuningdek, prezidentning qarori bilan koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan, zararlangan bemorlar joylaştirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan taşqari) maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi belgilangan: 

  • vraç xodimlarga, vraç-laborantlarga — 25 million söm; 
  • örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga — 15 million söm; 
  • kiçik tibbiyot xodimlariga — 10 million söm; 
  • boşqa xodimlarga — 5 million söm.

Moliya vazirligi ma'lumotiga köra, oylik lavozim maoşiga 6 foiz miqdorida har kunlik qöşimça tölov olgan xodimlar soni 14 ming 301 nafarni taşkil etadi. Ularga jami 22 milliard 832 million söm mablağ ajratilgan. Bundan taşqari, 14 kunli faoliyat davri uçun maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovini 1524 nafar tibbiyot xodimlari olgan. Şu maqsadda ularga 32 milliard 48 million söm ajratilgan.

Timur Işmetovning bildirişiça, ajratilgan mukofot mablağlarning öz egasiga yetib borişi töliq nazoratga olingan. Şu bilan birga, uning boşqaruvidagi vazirlik mukofot pullari taqsimotini hududlar kesimida batafsil bayon qilgan.

https://drive.google.com/file/d/1DjMW41PpowNK_cXFA30t8Ch5IbPpPpjW/preview