AQŞning Toşkentdagi elçixonasi tarqatgan xabarga köra, Vaşington eng muhim qişloq xöjaligi hududlarining biridan ön minglab kişilarning köçirilişiga sababçi bölgan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qisman öpirilişi natijasida Özbekistonda olib borilayotgan sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlamoqda. 

2020 yil 1 may kuni kuçli yomğir va dovul Toşkent janubidagi Sirdaryo viloyatida joylaşgan Sardoba suv omborining bir qismi öpirilişiga olib keldi. Uy xöjaliklari, ijtimoiy infratuzilma, yöllar, energetika, aloqa va suv tizimlariga körsatgan ziyondan taşqari, toşqin hududdagi qişloq xöjaligi infratuzilmasiga ham zarar keltirib, paxta, don-dun va poliz mahsulotlariga öz ta'sirini ötkazdi, bu esa fermerlarning daromadlari va viloyat iqtisodiga salbiy ta'sir körsatadi.

«Sirdaryo viloyati aholisiga çin dildan hamdardlik bildiraman. Özbekiston hukumati va fuqarolari uşbu falokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun tezda safarbar etildi», –  dedi AQŞ elçisi Daniyel Rozenblyum. 

Uning qayd etişiça, «AQŞ hukumati bu ofatdan zarar körgan oilalarni qöllab-quvvatlaşdan faxrlanadi» .

Ta'kidlanişiça, AQŞ hukumati bu mablağdan foydalanib suv ombori öpirilişi natijasida öz uylaridan köçirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boşqa zarur vositalarni tarqatiş orqali Özbekistonga mazkur inqirozdan qutuliş va qayta tiklanişda yordam beradi. 

Favqulodda kömak böyiça sa'y-harakatlarni qöllaşdan taşqari, USAID Özbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodini diversifikatsiyalaş, mintaqaviy savdoni kuçaytiriş, soğliqqa jiddiy tahdidlarni bartaraf etiş hamda aholi ehtiyojlarini qondiriş uçun hukumat imkoniyatlarini şakllantiriş böyiça hamkorlik qiladi.

USAID xalqaro taraqqiyot böyiça dunyodagi yetakçi agentlik va rivojlaniş sohasida natijalarga erişiş «katalizatori» hisoblanadi.