Qoraqalpoğistonning Nukus şahridagi “Motamsaro ona” haykali joylaşgan Xotira xiyobonining orqa tomonida Jasorat boği barpo etilişi boşlangani haqida xabar berilgandi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida joriy etilgan karantin sabab ayni boğda quriliş-montaj işlari vaqtinça töxtatilgan edi.

Şimoli-ğarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga köra, şu kunga qadar boğda jami 8 dona texnika: T-64 tanki, piyodalar jangovar maşinalari, zirhli transportyorlar hamda artilleriya va zenit qurilmalari örnatilgan. 7 may kuni boğ eksponatlaridan örin olgan bir dona Su-17 qiruvçi samolyoti Toşkent şahridan keltirildi.

Karantin qoidalarining yumşatilişi hamda quriliş işlarini ijtimoiy masofa va şaxsiy gigiyena talablariga rioya etgan holda amalga oşirişga berilgan ruxsatdan keyin boğda quriliş-montaj işlari davom ettirilmoqda. 

Bildirilişiça, Jasorat boği “Motamsaro ona” haykali joylaşgan maydonning orqa tomonida, ilgari taşlandiq bölib yotgan hududning deyarli 100 sotix maydonida bunyod etilyapti. Boğni yaratiş konsepsiyasiga asosan u yerdagi 153 kvadrat metr maydonda Ikkinçi jahon uruşi yillari qoraqalpoq xalqi va qoraqalpoğistonliklarning matonati, ğalabaga qöşgan hissasi aks etgan bir qavatli xotira muzeyi, pnevmatik miltiqdan öq otiş tiri, harbiy alpinizmni rivojlantiriş maqsadida skalodrom, harbiy obektlarni qöriqlaşda foydalaniladigan soqçilarning kuzatuv minorasi, janggohlarni aks ettiradigan okop, blindaj va yertölalar hamda jangovar texnikalar örin oladi. 

Uruş yillarida yurtdoşlar qahramonliklarini aks ettiriş uçun Mudofaa vazirligi muzey fondiga yaqindan kömak berib, hozirda jamlanayotgan eksponatlar hamda harbiy texnikalarni taqdim etişi belgilangan. Muzey fondi boşqa manbalardan ham töldirib boriladi.