Şvetsiyalik futbolçi Zlatan Ibrahimoviç milliy jamoasi bilan 2014 yilgi jahon çempionatiga çiqa olmagaç, şunday degandi: «Men bormayotgan jahon çempionatining nimasini tomoşa qilasiz? Uni kutişdan ma'no yöq». Yöq, Zlatan bu gaplarni kibr bilan emas, şunçaki hazil uçun gapirgandi. Ammo Zlatansiz futbol biroz zerikarli ekanini futbolni yaxşi köradigan har qanday muxlis tasdiqlaşi mumkin. Dunyo siyosatida ham Zlatan kabi ğalati va ayni damda doim intriga paydo qila oladigan inson bor: Mixail Saakaşvili.

 

Sönggi vaqtlarda uni gruziyalik yoki ukrainalik deyişni ham bilmay qoldik. Çunki öz vaqtida Gruziyada prezident bölgan Saakaşvili keyinçalik öz vatani fuqaroligidan mahrum qilingandi. Keyin u Ukrainada ham katta lavozimlarda işlab, fuqarolik oldi. Köp ötmay bu avvalgi prezident Poroşenko uni mamlakat fuqaroligidan mahrum qildi. Poroşenkodan keyin Ukrainada hukumatni qölga olgan Vladimir Zelenskiy esa Saakaşviliga mamlakat fuqaroligini qaytarib, «bonusiga» butun boşli qömitaga rahbar etib tayinladi.

Saakaşvilini rus taşviqoti sabab bizda ham köpçilik yomon odam deb tasavvur qilişi mumkin. Aslidaçi, u çindan şunçalik yomon siyosatçimi? Ismi doim islohot degan söz bilan yonma-yon işlatiladigan Saakaşvili Zelenskiyga nega kerak bölib qoldi?

Avvaliga Saakaşvili qandan lavozimga tayinlangani haqida. Zelenskiy uni Ukraina prezidenti huzuridagi milliy islohotlar kengaşi tarkibiga kiruvçi islohotlar böyiça ijroiya qömitasi rahbari etib tayinlandi. Nomi uzun bu taşkilot qisqasini aytganda, Ukrainada islohotlar bilan şuğullanişi kerak. Islohotlar Zelenskiy uçun juda muhim soha, axir xalq uni «Sluga naroda» filmidagi prezident Vasiliy Goloborodko siymosida olib borgan islohotlar sabab saylamaganmidi?! Qaysidir ma'noda, Zelenskiy filmda qilgan işlarini hayotda ham amalga oşiriş uçun Saakaşvilini yordamçi sifatida taklif qildi.

Milliy islohotlar kengaşi 2014 yil sobiq prezident Petro Poroşenko tomonidan tuzilgan va kengaşning vazifasi sifatida mamlakatda muhim islohotlarni ötkaziş belgilangandi. Kengaş rahbari mamlakat prezidenti hisoblanadi va aynan prezident kengaş a'zolarini tanlaydi.

Kengaş Poroşenko vaqtida 28 marta yiğiliş ötkazgan. Sönggi uçraşuv 2018 mart oyida bölib ötgan. Kengaşning eng maşhur yiğilişi 2015 yil dekabrida bölgan. Öşanda Odessa gubernatori hisoblangan Saakaşvili va mamlakat içki işlar vaziri Arsen Avakov örtasida janjal kelib çiqib, ular bir-biriga stakandagi suvlarini sepişgaça borgandi.