AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy COVID-19 koronavirusini ataylabdan tarqatganiga işonmasligini aytdi.

"Virus Xitoydan uquvsizlik natijasida çiqib ketgan bölişi ehtimoli bor ", - dedi u Fox news telekanaliga bergan intervyusida.

"Aftidan, ular buni qanday aytişni bilişmayapti. Biz hamkorlik qilmoqçi va yordamlaşmoqçi edik, ammo ular hamkorlikni istamadi", - dedi Tramp.

U şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti borasida tez orada bayonot berişini aytarkan, Vaşington taşkilotga ança köp mablağ ötkazişiga qaramasdan JSST Pekinning "qöğirçoği" ekanligini qöşimça qildi.

AQŞ aprelda koronavirus qanday paydo bölgani va Xitoy qanday qilib uning tarqalişini tezda töxtata olgani borasida suriştiruv boşlagani ma'lum qilingandi. Ayrim taxminlarga köra, virus Uhandagi laboratoriyadan tarqalgan.

Şu bilan birga, AQŞ razvedkasi virusning sun'iy ravişda yaratilmaganini bildirgan.

Xitoy Uhandagi virusologiya instituti pandemiya manbai bölganligini rad etmoqda.