Ota-onaning qadri borasida Qur'oni Karimdagi bir oyat va hadisi şariflardan kelib çiqib, ulamolarning bu borada keltirgan hikmatli gaplarini tahlil qilsak, kifoya qiladi.

Alloh Qur'oni Karimning Isro surasi 23-oyatida şunday deb marhamat qiladi: «Va Robbingiz faqat Özigagina ibodat qilişingizni va ota-onalarga yaxşilik qilişingizni buyurdi».

Agar e'tibor qilsak, oyati karimaning avvalida Qur'onning ajoyib möjizasi zohir bölmoqda. Arab tilining qoidalariga muvofiq, «Robbingiz sizga faqatgina Özigagina ibodat qilişingizni va ota-onangizga yaxşilik qilişingizni buyurdi», – deyiş kerak edi. Lekin jumla muhotob bilan kelib, birdaniga köplikka ötib ketyapti. «Robbingiz faqat Özigagina ibodat qilişingizni va ota-onalarga yaxşilik qilişingizni buyurdi», deyilmoqda.

Buning bilan inson nafaqat özining ota-onasiga yaxşilik qilişi kerakligi, balki har bir ota-ona yoşiga yetgan keksa yoşdagi kişilar yoşlardan, öz farzandi tengilardan doimo hurmat körişga haqli ekani ma'lum böladi.

«Agar ulardan biri yoki ikkovi ham sening huzuringda keksayib qolgan bölsa, ey farzand, sen ularga aslo «uff» deya körma. Ularni jyerkima, ularga şafqat qanotingni yoz va, aytginki, Robbim, ota-onam meni gödakligimda tarbiya qilganlaridek, endi Sen ularga rahm qil».

Toşkent şahar Mirza Yusuf jome masjidi imom xatibi
Rahmatulloh domla Sayfuddinov

E'tibor qiling, «uff» degan söz, aslida, bir söz ham, harf ham emas, inson zerikkanida, çarçaganida, norozi bölganida norozi kayfiyatni ifoda qiluvçi oddiy bir ovoz. Ammo mana şu «uff» degan ovozning ota-ona oldida çiqarilişi harom böladi. Farzand ota-onaning huzurida «uff» deyişi – ota-ona köngliga malol keladi, ular «Farzandlarimizga malol keltirib qöydik», deb öylaşadi. Alloh taolo esa, ota-onaning könglini ranjitmaslikni farzandlarga buyurmoqda.

«Ularni jyerkima!» Albatta, savol tuğiladi. Nahot farzand ota-onasini jyerkişi mumkin? Insonni yaratgan Alloh uning fe'lini yaxşi biladi. Qur'oni Karimda aytilyaptimi, demak, bu inson fe'lida sodir böladigan narsa. Va afsuski, odamlar orasida ota-onasini jyerkiydigan farzandlar topilib turadi.