Dunyo liderlari va turli taşkilotlar koronavirusga qarşi vaksina topiş uçun 8 milliard dollar ajratdi – ularning köpçiligi vaksina topilsa, undan heç bir davlat quruq qolmasligidan umid qilmoqda, deyiladi Jahon iqtisodiy forumi saytidagi maqolada.
Italiya – virus tarqalişi tufayli oğir vaziyatda qolgan davlatlardan biri. Bu yerda salkam 2 oylik karantindan söng, 4,5 million odamga işga borişga ruxsat berildi. Quruvçilar ham qayta iş boşlaşdi, qarindoşlar esa körişiş imkoniga ega böldi.

Italiyalik ayol Mariya Galluzzo 3 yoşli nevarasini 8 hafta deganda birinçi marta körgani, Rimdagi parklardan birida uni zavq bilan sayr qildirib yurganini aytadi.
Italiya boş vaziri Juzeppe Konte 30 mingdan ortiq qurbon bergan mamlakat «hanuz pandemiya qörquvi içida» qolayotganini aytdi.
https://ok.ru/videoembed/1490652039871
Italiya statistika idorasi bergan ma'lumotga köra, Covid-19 taşxisi qöyilmasdan vafot etgan yoki soğliqni saqlaş tizimi haddan ortiq band bölib qolgani tufayli tibbiy yordam ola olmay hayotdan köz yumganlar soni taxminan 11600 nafarni taşkil etadi.
Hozir ham Italiyada bir joyda yiğiliş taqiqlangan. Köplab dökonlar 18 maygaça yopiq böladi. Maktab, kino va teatrlar qaçon oçilişi noma'lum.
«Hammasi iziga tuşayotgani yaxşi, lekin dunyo butunlay özgargan. Hammasini juda keç boşladik, degan taşvişdaman. Mamlakat virusning ikkinçi tölqiniga doş bera oladimi yoki yöqmi, bilmadim», – deydi Rimda umumiy ovqatlaniş sohasida işlovçi ayol Janluka Martuççi.
Dunyo böyiça virus yuqtiriş va ölim körsatkiçlari böyiça birinçi örinda turgan AQŞning ayrim ştatlari ham biznesga çeklovlarni yengillaştirmoqda.

Şu bilan birga, The New York Times naşrining hukumatdagi manbalariga tayanib yozişiça, may oyi oxiriga borib amerikaliklarning koronavirus tufayli kunlik ölim holati 3 mingga çiqişi kutilmoqda. Hozir virusdan AQŞda kuniga örtaça 2 ming kişi qurbon bölyapti.













