Bu haqda Turkiya taşqi işlar vazirligida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanişiça, oxirgi kunlarda Haftar kuçlari fuqarolar va fuqarolik obektlariga hujumlarini kuçaytirgan va bu hujumlardan birida Turkiya elçixonasiga zarar yetgan. Vazirlik xabarida ta'kidlanişiça, 9 may kuni Haftar tuzilmalari Tripoli markazini artilleriyadan öqqa tutib, 100 dan köproq raketa bilan zarba bergan.
Oxirgi kunlar davom etayotgan bu zarbalar ostida diplomatik missiyalar, jumladan Turkiya elçixonasi, Mitiga aeroporti, parvoz qilişga tayyorgarlik körgan fuqarolik samolyotlari va boşqa fuqarolik obektlari qolgan.
“Şu munosabat bilan yana bir bor ta'dkidlab ötamiz, agar Liviyadagi vakolatxonalarimiz va manfaatlarimizga zarba berilsa, biz Haftar tuzilmalarini javob zarbasi beriş uçun qonuniy nişon sifatida qabul qilamiz”, deyilgan xabarda.
Turkiya taşqi işlar vazirligida, şuningdek, BMTning Liviyadagi voqealarga heç qanday munosabat bildirmayotgani yöl qöyib bölmas holat deb atalgan. “Haftarga harbiy, moliyaviy va siyosiy yordam körsatayotgan davlatlar Liviya xalqi çekayotgan azob-uqubatlar va mamlakat tortilayotan alğov-dalğovlik va barqarorsizlik uçun javobgardir”, deb ta'kidlab ötilgan vazirlikda.
28 aprelda Xalifa Haftar mamlakatda boşqaruvni öz qöliga olişini va Fayoz Sarroj boşçilik qiluvçi Milliy kelişuv hukumati şakllanişiga olib kelgan kelişuvdan çiqişini e'lon qilgan. Haftar unga böysunuvçi kuçlar xalq uqubatlarini yengillaştiriş, fuqarolar huquqlarini himoyalaş, ularning istaklarini amalga oşiriş va ular ravnaqi uçun işlaşini aytgan.
Ikki kun ötib Haftar boşçilik qiluvçi Liviya milliy armiyasi vakili Haftar kuçlari muqaddas Ramazon oyida barça jangovar harakatlarni töxtatişini e'lon qilgan. Biroq u şu bilan birga armiya yaraşuv şartlarining har qanday buzilişi uçun darhol javob berişini qöşimça qilgan.
Şunga qaramay, Liviyada jangovar harakatlar davom etgan. Jumladan, Italiya va Turkiya 7 may kuni Tripolidagi “yaşil hudud” öqqa tutilganini ma'lum qilgan. Biroq Liviya milliy armiyasi vakili Haftar kuçlarining Tripolidagi aholi yaşaş hududlari, jumladan diplomatik obektlar öqqa tutilişiga aloqador emasligini ma'lum qilgan.














