Yangiyer şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Qirğiziston Respublikasining Özbekistondagi elçisi I.Junusov va Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar böyiça vazirligining vakili kuzatuvi ostida Yangiyer şahrining Yangi-Yangiyer temiryöl stansiyasiga yetib kelgan.

Bildirilişiça, bu yerda delegatsiyani viloyat hokimi Ğ.Mirzayev boşçiligidagi mas'ullar kutib oldi.

Qayd etilişiça, mazkur insonparvarlik yordamidan 1000 tonna sement, 100 tonna guruç va 10 tonna ösimlik yoği örin olgan.