Prezidentning “Abu Dabi rivojlaniş jamğarmasi (BAA) iştirokida “Samarqand şahrida suv ta'minoti tizimlari va yöl tarmoqlarini modernizatsiya qiliş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Prezidentning “Özbekiston Respublikasi va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019 yil 2 apreldagi PQ-4256-son qaroriga asosan, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yöllari qömitasi, Quriliş vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining “Samarqand şahrida suv ta'minoti, oqova va yöl tizimlarini modernizatsiya qiliş” loyihasini bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Qayd etilişiça:
Özbekiston Respublikasiga Abu Dabi rivojlaniş jamğarmasi (BAA) direktorlar kengaşi tomonidan loyihani moliyalaştiriş böyiça kreditga xizmat körsatganlik uçun xizmat haqi 0,5 foiz, yillik 2,50 foiz stavkasi bilan 4 yillik imtiyozli davrini hisobga olib 17 yil muddatga 300,0 mln. AQŞ dollari miqdorida kredit taqdim etişi ma'qullangan;
Loyiha doirasida işlarning turlari va hajmlarini belgilaydigan batafsil loyiha konsepsiyasi Abu Dabi rivojlaniş jamğarmasi (BAA) talablariga muvofiq işlab çiqilgan.
Belgilab qöyilişiça:
loyiha Abu Dabi rivojlaniş jamğarmasi (BAA) tomonidan berilayotgan kredit mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi;
Abu Dabi rivojlaniş jamğarmasi (BAA) kredit mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş, şuningdek loyihani öz vaqtida amalga oşiriş uçun Samarqand viloyati hokimligini mas'ul hisoblanadi;
loyihaning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş 2021 yil 1 fevralgaça loyiha bilan bir vaqtda amalga oşiriladi;
loyihaning texnik-iqtisodiy asosi 2021 yil 1 aprelga qadar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi;
Abu Dabi rivojlaniş jamğarmasi(BAA)ning kredit mablağlari böyiça xizmat haqi tölovlari, foiz va asosiy qarzni tölaş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oşiriladi.
Samarqand viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Transport vazirligi Avtomobil yöllari qömitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqişda:











