Mazkur yönalişda har bir hududda “Manzilli reja” va “Yöl xaritasi” işlab çiqilib, mahalliy kengaşlar sessiyalari qarorlari bilan tasdiqlandi. Uşbu hujjatlar ijrosi doirasida mamlakatimiz böyiça jami 117 ming nafardan ziyod yoşning bandligi ta'minlandi.

Xususan, qişloq xöjaligida qariyb 40070 nafar, tadbirkorlik sohasida 17520 nafardan ortiq, jamoatçilik işlarida 22550 nafardan köproq, quriliş sohasida 5000 nafardan ziyod, boşqa soha va yönalişlarda 29800 nafardan ortiq, şu jumladan, vazirliklar, qömitalar, uyuşmalar va boşqa taşkilotlar tizimlarida 16297 nafar yoşlar işga joylaştirildi.

Şular qatorida 2061 nafar yoş turli kasblarga qayta öqitildi.
Yoşlarning tadbirkorlikka oid 9157ta loyihasi uçun tijorat banklari 357,5 mlrd sömlik imtiyozli kreditlar ajratdi.

“Har bir yoşga – bir gektar” loyihasi doirasida 15 ming nafardan ziyod yoşlarga 29,3 ming gektar yer ajratildi.













