2019 yil 17 yanvarda Özbekiston prezidentining “Aholi muammolari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Uşbu farmonga berilgan şarhda mazkur hujjatning qabul qilinişi qanday sabab-omillar bilan boğliqligi, hujjatga asos bölgan muammolar va bu yönalişdagi özgarişlar qaysi jihatlarda namoyon bölişi batafsil izohlab berildi.

Farmon muqaddimasida qayd etib ötilganidek, Özbekiston Respublikasi prezidenti nomiga keyingi ikki yil mobaynida 2,5 milliondan ortiq murojaatlar kelib tuşgani, Respublika işçi guruhlari tomonidan uyma-uy yuriş, ijtimoiy soha va boşqa obektlarni örganiş natijasida yana 1,1 milliondan ortiq turli muammolar aniqlangani joylarda yeçimini kutayotgan masalalar köpligini, ayrimlari örta va quyi böğindagi taşkilotlar darajasida hal etilmayotganini körsatmoqda.

Aholi murojaatlari bilan işlaş, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş böyiça olib borilayotgan işlar tahlil qilinganda bir qator kamçiliklar mavjud ekani ma'lum böldi.

Aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qiliş va hal etişda Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Xalq qabulxonalari va boşqa taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştirişning yagona mexanizmi mavjud emasligi barça böğinning butun bir organizm kabi özaro uyğun işlaşiga imkoniyat bermayapti. Şu bois ham tegişli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini işlab çiqişda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tuşayotgan murojaatlar, joylarda aniqlangan boşqa muammolar yetarli darajada aks ettirilmayapti. Boz ustiga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlar rahbarlari aholi bilan bevosita muloqot qiliş, uyma-uy yuriş orqali muammolarni aniqlaş va hal etişga, zimmasiga yuklatilgan vazifalarning töliq va sifatli bajarişga yetarli e'tibor qaratmayapti.

Ana şu jihatlarni e'tiborga olgan holda farmonga muvofiq 2019 yil 1 fevraldan boşlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan işlaş böyiça amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yuriş orqali aniqlaş va hal qilişini, davlat organlarining aholi bilan bevosita işlaşini nazarda tutuvçi yangi tizim joriy qilinmoqda.

Mazkur yangi tizimning birinçi öziga xos şundaki, bundan buyon Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar, davlat organlari va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yuriş, ijtimoiy va boşqa obektlarni örganiş orqali muammolarni aniqlaydi hamda hal qilinişini ta'minlaydi