Xalq qabulxonasi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, kiritilgan axborotlar va eşitilgan hisobotlar natijasi böyiça 752 nafar mas'ul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida işlamagani uçun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qöllanilgan, 89 nafariga hayfsan e'lon qilingan, 617 nafar mas'ul xodimlar esa rasman ogohlantirilgan.

Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boşqa taşkilotlarning uyma-uy yuriş, murojaatlar bilan işlaş, ijtimoiy va boşqa obektlarda aniqlangan muammolarni hal qiliş borasidagi faoliyati tizimli örganilib, körib çiqilişi majburiy bölgan 3353ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalarga asosan 3108 nafar mas'ul xodim javobgarlikka tortilgan, şundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qöllanilgan, 1467 nafariga hayfsan e'lon qilingan, 1154 nafar mas'ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.

Avvalroq, 2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat kelib tuşgani haqida xabar berilgan edi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu murojaatlarning 58 foizi ijobiy hal qiliş va huquqiy maslahat beriş orqali yeçimini topgan, 373,6 mingdan ziyod murojaat egasiga tuşuntiriş berilgan, qolgan murojaatlar körib çiqiş jarayonida.