2020 yilning 11 may kuni parlament quyi palatasining Yoşlar masalalari böyiça komissiyasi tomonidan Oliy Majlis palatalari huzurida Yoşlar parlamentini taşkil etiş yuzasidan işçi guruh yiğilişi ötkazildi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Yoşlar parlamentining asosiy yönalişlari hamda vazifalari nimalarda namoyon bölişi xususida töxtalib ötdi. 

Yoşlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barça bosqiçlaridan xabardorligini oşiriş, uşbu jarayonda keçadigan yangi va ustuvor yönalişlarni belgilaşda yoşlarning faolligini oşiriş, alaloqibat yoşlarning siyosiy bilimlarini oşiriş va ularda vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş Yoşlar parlamentini taşkil etişdan közlangan maqsad ekani aytib ötildi.

Tadbir davomida Yoşlar parlamentini taşkil etiş böyiça taqdimot ötkazildi. Unga köra, Yoşlar parlamentining a'zolari xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlari tomonidan har bir şahar va tumanlardan bir nafardan ikki yil muddatga saylanadi, öz logotipi, a'zolarining kökrak nişonlari hamda belgilangan şakldagi guvohnomalariga ega böladi.

Şu bilan birga, Yoşlar parlamentini taşkil etişda xorijiy davlatlar tajribalaridan unumli foydalangan holda yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga e'tibor qaratiladi.