11:09 / 13.05.2020
47479

Buxoroda traktor tirkamasi zovurga ag‘darildi. Ikki kishi voqea joyida vafot etdi

Holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 12 may kuni soat 13:10larda Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Saroy qishlog‘ida fojia yuz berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1975 y.t. O.I. “MTZ-80” rusumli traktori bilan “Normurod Niyoz” fermer xo‘jaligi dala hududida, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib, hudud loy bo‘lganligi sababli traktor tirkamasi sirpanib, zovurga ag‘darilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, tirkama ustida bo‘lgan fuqarolar, 1987 y.t. Sh.P. (ayol), 1986 y.t. O.I. (ayol) voqea joyida vafot etib, 1982 y.t. F.J. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top