Bu haqda uning yaqinlari tvitterda ma'lum qilişdi.
Ta'kidlanişiça, momo oxirgi 20 yil davomida Jirona provinsiyasidagi qariyalar uyida yaşab keladi. Aprelda unda koronavirus alomatlari paydo bölgan. Kasallik yengil ötgan. May boşida esa şifokorlar ayolning soğayib ketganini tasdiqlaşgan.
Ayol kasalligi vaqtida öz xonasida izolyatsiyada qolgan va muntazam ravişda oila a'zolari bilan telefon orqali muloqot qilib turgan.
Ammo baxtga qarşi, ayol yaşagan qariyalar uyida bir neça kişi koronavirusdan vafot etgan.
Branias 2019 yildan beri Ispaniyaning eng keksa ayoli hisoblanadi. U 1907 yilda AQŞning San-Fransisko şahrida ispan muhojirlari oilasida dunyoga kelgan. Ma'lum vaqtdan keyin uning oilasi Ispaniyaga qaytgan. 1937 yilda ayol şifokorga turmuşga çiqqan. Hozirda uning 3 farzandi, 11 nabirasi va 13 abirasi bor. Mariya özining uzun hayoti davomida 1918 yildagi qirğinbarot “ispan grippi” va 1936-1939 yillardagi fuqarolik uruşini boşdan ötkazgan.













